Onlayn xaridda 7 ta keng tarqalgan xato va ulardan qochish
Onlayn xaridda koʻp uchraydigan 7 ta xato: yakuniy summani koʻrmaslik, manzildagi chalkashlik, shaxsiy kartaga pul. Donada ulardan qanday qochish mumkin.

Onlayn xaridda koʻp muammolar bir xil xatolardan boshlanadi: shoshib tugma bosish, tavsifni oʻqimaslik, manzilni tekshirmaslik. Ularning hech biri murakkab emas, lekin har biri vaqt va asabni oladi. Quyida onlayn xarid qilishda eng koʻp uchraydigan 7 ta xatoni va Dona ilovasida ulardan qanday qochish mumkinligini sanab oʻtamiz.
1. Faqat rasmga qarab qaror qilish#
Rasm chiroyli boʻlishi mumkin, lekin oʻlcham, material, rang va toʻplam tarkibi tavsifda yoziladi. Mahsulot sahifasini oxirigacha oʻqing. Biror narsa tushunarsiz boʻlsa, taxmin qilmang: mahsulot sahifasidagi “Sotuvchiga yozish” tugmasi orqali soʻrang. Suhbat mahsulot sahifasidan boshlansa, oʻsha mahsulot kartochkasi yozishmaga oʻzi qoʻshiladi va sotuvchi qaysi tovar haqida gap ketayotganini darrov biladi.
Jonli efirda bu yanada oson: sotuvchi mahsulotni kamera oldida aylantirib koʻrsatadi, siz esa chatda “yaqinroq koʻrsating” deb yozasiz.
2. Yakuniy summaga qaramaslik#
Kartochkadagi narx va siz toʻlaydigan summa har doim ham bir xil emas: yetkazish haqi, chegirma yoki vaucher uni oʻzgartiradi. Donada yakuniy narx rasmiylashtirish oynasida koʻrsatiladi, yetkazish haqi ham tasdiqlashdan oldin koʻrinadi. “Tasdiqlash”ni bosishdan oldin shu oynaga bir soniya qarang: ortiqcha xarajat boʻlsa, aynan shu yerda koʻrinadi.
3. Manzilni tekshirmaslik#
Rasmiylashtirishda odatda oxirgi marta tanlangan manzil qoʻyiladi. Kecha ofisga buyurtma bergan boʻlsangiz, bugungi buyurtma ham oʻsha yerga ketishi mumkin. Tasdiqlashdan oldin manzilga qarang. “Moʻljal” maydonini toʻldirish va kuryerga izoh qoldirish ham foydali: “kelishdan oldin qoʻngʻiroq qiling” degan bir qator kuryerning ham, sizning ham vaqtingizni tejaydi.

4. Pulni shaxsiy kartaga oʻtkazish#
Eng qimmatga tushadigan xato shu. Ijtimoiy tarmoqda “kartamga tashlang, yuboraman” degan bitimda pul ketgach sizda hech qanday dalil qolmaydi. Donada toʻlov ilova ichida qilinadi va buyurtmaga bogʻlanadi. Kimdir sizni ilovadan tashqariga, begona havolaga yoki karta-karta oʻtkazmaga undasa, toʻxtang. SMS orqali kelgan bir martalik kodni esa hech kimga aytmang, oʻzini sotuvchi deb tanishtirsa ham.
5. Qaytarish shartini oldindan bilmaslik#
Mahsulot mos kelmasa nima boʻlishini xariddan keyin emas, oldin bilgan ma’qul. Qaytarish tartibi Toʻlovlar va qaytarishlar siyosatida yozilgan. Kiyim yoki poyabzal kabi oʻlchamga bogʻliq tovarda sotuvchidan qaytarish shartini chatda soʻrab oling: yozishma saqlanib qoladi va keyin kerak boʻlsa koʻrsatish oson boʻladi.
6. Buyurtma holatini kuzatmaslik#
Buyurtma berib, keyin unutib qoʻyish ham xato. Donada buyurtma holati ilovada bosqichma-bosqich koʻrinadi: tayyorlanmoqda, kuryerga berildi, yoʻlda, yetkazildi. Har bosqichda bildirishnoma keladi. Bildirishnomalarni oʻchirib qoʻymang, shunda kuryer qoʻngʻiroq qilganda tayyor boʻlasiz.
7. Chegirma uchun shoshilish#
“Tezkor chegirma” va “Faqat live” yorliqlari haqiqiy imkoniyat, lekin ular sizni shoshirishi ham mumkin. Chegirma kerakli narsaga boʻlsagina foyda. Yoqqan mahsulotni avval yoqtirganlar roʻyxatiga qoʻshing, yakuniy summani koʻring, keyin qaror qiling. Chegirma rasmiylashtirish oynasida hisobga olingan boʻlsa, u haqiqatan sizniki.
Qisqa xulosa#
Tavsifni oʻqing, noaniq joyni soʻrang, yakuniy summa va manzilni tekshiring, toʻlovni faqat ilova ichida qiling. Shu toʻrt odat onlayn xariddagi muammolarning koʻpini oldini oladi.
Koʻp beriladigan savollar#
Mahsulot tavsifida yozilmagan narsani qayerdan bilaman?
Mahsulotni kim sotadi, Donami?
Qaysi toʻlov usulini tanlasam xavfsizroq?
Yana oʻqingOnlayn firibgarlikdan qanday saqlanish kerakYetkazib berish manzilini toʻgʻri kiritish
Xotirjam xarid qiling: Dona ilovasini yuklab oling.


